“Kun.uz”ning shaharlarimizda ekologik muammolar ortib borayotgani haqidagi maqolasida IKS gʻanimat ekanligi yoziladi. Hattoki, 2021-yilda “OLX.uz”da IKSning bir shishasini 20 ming soʻmdan sotib olish taklif etilgan eʼlonlar paydo boʻlgan. Savol: IKSni 2 soʻzda yozib bering. || “Menkim, fotih Temur” kitobida yozilishicha, Shayx Shamsiddin darslarni Qurʼonning 91-surasidan boshlash odati boʻlgan. Savol: Shu sura nomini yozib bering. || Savolda IGREK unlilari bir xil soʻz bilan almashtirilgan. “Aviator” filmida bosh qahramon Govard Xyuz suratga olayotgan film IGREK yoʻqligi tufayli bir necha oyga toʻxtab qoladi. Qoʻshni shaharlardan birida IGREKlar topilgach, syomka ishlari zudlik bilan oʻsha shaharga koʻchiriladi. Savol: IGREK nimaligini kichkina qilib boʻlsa ham yozib bering.