zakovatklubi.uz

Blits IKS Turkiyada kunning vaqtiga qarab sabo, ushshoq, hijoz, rost, segoh uslublarida aytiladi. Hindistonning Malabar sohilidagi musulmonlar IKS soʻzining oʻrniga kelib chiqishi forscha boʻlgan “banku” atamasidan foydalanishadi. Savol: IKSni bir soʻzda yozib bering. || 1994-yilda tashkil qilingan IGREK faoliyati kitob savdosidan boshlangan. Keyinchalik toifa va mahsulotlar sonining ortishi IGREKni “hamma narsa doʻkoni”ga aylantirdi. IGREK tarkibida IKSni ham koʻrish mumkin. Savol: IGREKni bir soʻzda yozib bering. || Bir videoda shayton ZED sabab, bir muddat faoliyati cheklanganini aytib oʻtadi. ZEDning maʼlum bir vaqtidagi ibodat sizga 83 yildan koʻproq qilingan ibodatdan yaxshiroqligi talqin qilinadi. ZEDning tarkibida IGREKni ham koʻrish mumkin. Savol: ZEDni bir soʻzda yozib bering

Manba