Koʻpgina Shvetsariya soat brendlari nomi fransuz va nemischa soʻzlar bilan nomlangan. Istisno tariqasida, XX asr boshida qoʻshni mamlakatdan kelgan migrantlar oqimidan keyin Shvetsariyada U nomli soat brendiga asos solinadi. Uning ayrim markalarida Oy fazalarini yoki moviy ranglarni koʻrish mumkin. Yozuvchi Liz Karlayl asarlaridan birida qahramon qizning tiniq va tubsiz koʻzlari Unga qiyoslanadi. Diqqat savol: Uni boshi va oxiri bir xil harf boʻlgan bir soʻz bilan yozib bering!