zakovatklubi.uz

Kim Pik bosh miyada tugʻma nuqson bilan tugʻilgan. Olimlarning fikriga koʻra, korpus kallosumi yoʻqligi sababli miya neyronlari yangi aloqalarni yaratgan, shu sabab Kimning xotirasi bir necha marta kuchaygan. Kim 16 oyligida oʻqishni oʻrgangan, koʻp va tez-tez oʻqigan. U 3 yoshida gazetalarni oʻqigan, notanish soʻzlarning maʼnosini tushunish uchun izohli lugʻatdan foydalangan. 18 yoshida Kim mahalliy Mormon jamoat markazida hisobchi boʻlib ishga kirdi. U butun boʻsh vaqtini adabiyotga bagʻishlagan. Savol: 1988-yilda ishlangan qaysi film uchun Kim prototip vazifasini oʻtagan?

Manba