zakovatklubi.uz

Diqqat: Savolni sizlarga 1937 yilda tugʻilgan Los Anjelslik beradi. X ga koʻra, odam bir marta eshitgan matnning bir necha sahifasini takrorlashi, koʻp xonali sonlarni koʻpaytirish natijasini oldindan bilgandek aniq nomlashi yoki har qanday yilning 1-yanvari haftaning qaysi kuniga mos kelishini aytishi mumkin. Masalan, 1951 yilda Solt Leyk sitida tugʻilgan Kim Pik fenomenal xotiraga ega boʻlib, oʻzi eshitgan maʼlumotlarning 98 foizini eslab qolgan va Kim-Pyuter laqabini olgan. U shuningdek, 1988 yilgi film bosh qaxramonining prototipi boʻlgan. Diqqat savol: X ni bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki soʻzda yozib bering.

Manba