Fin tilida baʼzi soʻzlar ikkita boshqa soʻzning birikishidan hosil boʻladi. Masalan, "xarita" degan maʼnoni anglatuvchi /kartta/ soʻzi bilan "toʻp" degan maʼnoni anglatuvchi /pallo/ soʻzi birikkanda, "globus" degan maʼnoni anglatuvchi /karttapallo/ soʻzi hosil boʻladi. Ayting-chi, "soʻqmoq" deb tarjima qilinadigan /polku/ soʻzi bilan "gʻildirak" deb tarjima qilinadigan /pyora/ soʻzi birikkanda hosil boʻladigan fincha soʻz oʻzbekchaga qanday tarjima qilinadi?