Kanadaliklar ustidan parodiya qilib ishlangan bir filmda, amerikalik fuqaro oʻzining eski mashinasida AQSh va Kanada chegarasini kesib oʻtadi. Eʼtiborli tomoni, uning mashinasi kuzoviga Kanadani haqorat qiluvchi juda koʻp yozuvlar yozilgandi. Chegaradan oʻtgach, uni kanadalik politsiyachilar toʻxtatishadi. Albatta, yozuvlar uchun. Politsiyachi qoidabuzarga antiqa bir buyruq beradi. Diqqat savol: politsiyachi qanday buyruq berganligini emas, u oʻz buyrugʻini asoslash uchun qanday fakt aytganini toping.