"Jinoyatlarga har doim ham ijtimoiy shart-sharoitlar sabab boʻladimi?" sarlavhali maqolada “Jinoyat va jazo” asari qahramoni Raskolnikov va yana bir asar qahramoni qarama-qarshi qoʻyiladi. Maqola muallifi Raskolnikov oʻz nazariyasini sinab koʻrish uchungina jinoyatga qoʻl urgani uchun uni oqlab boʻlmasligini bildiradi. Ikkinchi asar qahramonida ogʻir mehnat, qattiq qiyinchilik va charchoq sababli jinoyatga qoʻl urishdan boshqa yoʻl qolmaganini va bunda asosan jamiyatni ayblash kerakligini taʼkidlaydi. Savol: 1937-yildagi qaysi asarda yuqorida eslangan asar qahramonini sud qilish haqida soʻz boradi?