Iyun oyida yuz bergan voqea haqida fikr bildirarkan, bloger Nurbek Alimov 1848-1874-yillarda yaratilgan operani eslab oʻtadi. Ushbu operada Mime ismli temirchining Zigfrid degan paxlavonni tarbiya qilgani, kunlarning birida Mimening tushiga kirgan urush ilohi Votan Zigfrid kun kelib Mimening boshini olishi mumkinligini aytgani haqida hikoya qilinadi. Savol: Ushbu operani yozgan bastakor familiyasini yozib bering.