Bir filmda "Genrix IV" asaridan olingan mashhur iqtibos shunday tarjima qilingan: "Zulmat chavandozlari, [soʻz tushirib qoldirilgan] oshiqlari". Boshqa bir tarjimasi koʻproq maʼlum: "Mayli, bizni Diananing oʻrmonchilari, zulmat ritsarlari, [ikki soʻz tushirib qoldirilgan] deb atasinlar". Aytgancha, tushirib qoldirilgan oʻsha ikki soʻz ushbu filmning nomi hisoblanadi. Film qanday nomlanadi?