Xristian olamining muqaddas yodgorliklaridan biri Kyoln soborida joylashgan uchta sehrgarning qoldiqlari solingan sandiqdir. Ushbu sandiqning old devori Germaniya qiroli Otton IV tomonidan salib yurishidan keyingi oʻljadan hadya qilingan sof oltindan yasalgan. Old devorda Mariya va Isoga sovgʻalar keltirayotgan uchta sehrgar-qirol tasvirlangan. Diqqat bilan qaralsa, sehrgarlarning chap tomonida yana bir kichikroq va tojsiz figura koʻrinadi. Bu kim?