Antik davrlardan buyon ular haqiqiy sanʼat asari hisoblanadi. Marmardan yasalgan, hashamatli bezatilgan namunalari saqlanib qolgan. Oʻrta asrlarda ular ulkan oʻlchamlarga yeta boshlagan — buni bugungi kunda ham Braunshveyg va Milan soborlarida koʻrish mumkin. Baʼzan ularning pastki qismiga inson qiyofasi berilgan — masalan, Erfurt soboridagi kabi. Koʻpchiligimiz uchun esa ular — asabni boʻshatish (bugʻ chiqarish) imkoniyatidir. Ularni nomlang.