zakovatklubi.uz

Ish yuzasidan mahalliy va chet el brendlari marketingini kuzatar ekanman, Rossiya doʻkonlarining biridagi yuqori darajada kreativlik bilan tanlangan nomi menga juda yoqdi. Bu doʻkon maʼlum toifa insonlar uchun ixtisoslashgan boʻlib, qiziqarli, sirli, gʻayrioddiy va albatta, odamlarni jalb qilish maqsadida - emblemasida boshqa narsalar qatorida qilich tasvirlangan bir xalqaro tashkilot qisqartmasi bilan ayni oʻxshash tarzda atalgan. Faqatgina farqi ularning kengaytmalari boshqa-boshqa maʼnolarni anglatadi. Aniqroq aytsam, doʻkon “Qiziqarli Holat” deya rasshifrovka qilinadi. Diqqat savol: Siz bu doʻkonlar tarmogʻi kimlarga xizmat qilishini emas, qanday nomlanishini aniq yozib bering.

Manba