Insonning suvda paydo boʻlgan mavjudot ekanligi nazariyasini himoya qiluvchi olimlarning argumentlaridan biri shuki, quruqlikda yashaydigan hech bir sutemizuvchi BUNDAY gapirmaydi, barcha bu boʻkirishlar, hovullashlar UNDAY sodir boʻladi. Chunki BUNDAY gapirganda hid ham chiqadi, bu esa yirtqichga yoki oʻljaga sening joyingni aniqlash imkonini beradi. Suvda yashovchi sutemizuvchilar va inson esa shuning uchun BUNDAY gapiradi, chunki suvda UNDAY gapirish mumkin emas. BUNDAY va UNDAY soʻzlarining har biri ikki soʻzni almashtiradi, u soʻzlardan biri bir xil. BUNDAY va UNDAY soʻzlari bilan almashtirilgan soʻzlarni yozing.