Ingliz tilidagi filmlar maʼlumotlar bazasida (IMDB) filmlarni nomi boʻyicha qidirish imkoniyati mavjud. Agar kiritilgan ibora boʻyicha film nomi topilmasa, qidiruv tizimi xatoni tuzatishga yordam berib, 2 ta nomlar roʻyxatini taklif qiladi: birinchisiga asl ibora bilan deyarli bir xil harflardan iborat nomlar, ikkinchisiga esa asl soʻz tarkibiy qism sifatida kirgan nomlar tushadi. Savol muallifi shov-shuvli fransuz filmining aniq nomini bilmay, uni eshitganicha yozib soʻrov yubordi. Javob tariqasida taxminiy film nomlari yozilgan xat olindi. Birinchi roʻyxatda masofa va zamonaviy aloqa vositasini, ikkinchisida esa Yevropa romanining koʻplab ekranizatsiyalarini koʻrish mumkin edi. Ushbu romanni ayting.