Ijtimoiy tarmoqlardagi bir kanalda jamoa aʼzolari oxirgi oʻyinlarda bir ishtirokchi hech kim topolmayotgan savollarni topayotganini aytib oʻtdi. Ishtirokchimiz yana formaga QAYTDI deya post joylar ekan adminlar Alfaning surʼatidan foydalanishdi. Wikipedia maʼlumotlariga koʻra dastlabki Alfalar soʻnggi paleolit davrida ixtiro qilingan. Bu haqda Fransiyadagi tosh rasmlar guvohlik beradi deyiladi maqolada. Avstraliya Alfalari esa taxminan 50 ming yillik tarixga ega ekan. Savol: Alfani oʻzbekcha boʻlmagan bir soʻzda yozib bering