Wikipedia maʼlumotlariga koʻra, Alfa mil.avv. VII asrda Ossuriyada bunyod etilgan. Alfaga sichqon va kalamushlar xavf sola olmagan. Lekin asosiy dushmani odamlar boʻlganiga tarix guvoh. Alfani nima ekanligini shaxs nomi qatnashtirib ikki soʻzda yozib bering. || Betta Kichik Osiyoning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Qoʻlyozmalarni hayvon terisidan ishlangan mahsulotga yozishgani uchun Betta shunday nom olgan boʻlishi mumkin. Mark Antoniy Bettadagi barcha narsalarni Kleopatraga tortiq qilgani haqida maʼlumotlar ham mavjud. Yuqoridagi maʼlumotlardan foydalangan holda Bettani ikki soʻzda yozib bering.