Yekaterina II va Yemelyan Pugachyov bizning ongimizda koʻpincha "qirolicha — isyonchi" qarama-qarshiligi bilan bogʻlanadi. Savol muallifi esa XIX asrning ikkita adabiy asari tufayli ularni, taʼbir joiz boʻlsa, "second-hand" buyumlari bilan bogʻliq holatlarga aloqadorlikda ham birlashtiradi. Toʻgʻri, bunda Yekaterina II va Pugachyov qarama-qarshi rollarda namoyon boʻlishadi. Ushbu adabiy asarlarni ayting.
N.V. Gogolning "Rojdestvo oldi kechasi" (Yekaterina II Vakulaga Oksana uchun oʻz boshmoqlarini sovgʻa qilgan) va A.S. Pushkinning "Sardor qizi" (Grinyov Pugachyovga oʻzining quyon terisidan tikilgan poʻstinini sovgʻa qilgan).