Qadimgi odamlar ilgari insonlarning boʻyi hozirgidan ancha baland boʻlgan deb hisoblashgan. Milodiy II asrda Pavsaniyga uzunligi 7 metr boʻlgan Orestning skeletini koʻrsatishgan. Imperator Adrian davrida Ayaksning suyaklari topilgan va uning boʻyi taxminan 11 metr deb hisoblangan. Fransuz akademiklaridan biri esa Odam alayhissalomning boʻyi 37 m 73 sm, Havoning boʻyi esa 36 m 19 sm boʻlgan deb hisoblab chiqqan. Bu yanglish tasavvurlar nimaga asoslangan edi?