Aslida X va Y oʻrtasida farq yoʻq, garchi somiy nuqtayi nazaridan X, Y dan bir pogʻona kattaroq boʻlsa-da. X bevosita boʻyi taxminan 183-184 sm boʻlgan INSON bilan bogʻliq. Y oʻz vaqtida kamida bitta SHAHAR aholisiga muloqot doirasini sezilarli darajada kengaytirish imkonini bergan. Bu fakt bir MUALLIFning aynan Y deb nomlangan asarida oʻz aksini topgan. Oʻsha MUALLIFning boshqa asarida yuqorida tilga olingan INSON oʻsha SHAHARda boʻla turib, oʻzini Y deb ataydi, bu esa uning suhbatdoshini chalgʻitadi va u (suhbatdosh) INSONga muloqot doirasini qanday kengaytirish mumkinligini aytadi. X va Y ni ayting.