Folklend urushi paytida vertikal ko'tarilish va qo'nish xususiyatiga ega "Harrier" samolyotlarini boshqargan ingliz uchuvchilari ko'pincha quyidagi manyovrni qo'llashgan: ularni raketa yoki dushman samolyoti ta'qib qilganda, ular soplolarni teskari tomonga burish orqali samolyotni keskin tormozlashgan, dushmanni o'zlaridan o'tkazib yuborib, qulayroq pozitsiyani egallashgan. Ehtimol, aynan shunday manyovr qilish qobiliyati tufayli, NATO davlatlaridan birida samolyot milliy koloritga ko'proq mos keladigan nom oldi. Xo'sh, xuddi shu mantiqqa ko'ra, bunday manyovrda dushman samolyoti kimning rolini bajaradi?