Harari bilan davom etamiz. Harari qayd etadiki, ko‘plab akademiklarning fikricha, xitoylik sayyoh Chjen Xe amalga oshirgan safarlar yevropaliklarning kashfiyotlarini soyada qoldirgan edi. Zero, Chjen Xening ekipaji 30 ming kishi va 300 ta kemadan iborat bo‘lgan bo‘lsa, Kolumbning ekipaji esa 120 kishi va 3 ta kemadan iborat edi. Keyingi jumlada Harari Kolumbning dastasini Chjen Xening X-lariga nisbatan 3 dona Y-ga o‘xshatgan. Biz X-ni bir shvedning, Y-ni esa bir inglizning asari nomida ko‘rishimiz mumkin. X va Y-ni yozing.