Hadisga koʻra, bunday vaziyatda yaxshi koʻrgan insonining ismini aytish yoki u haqida oʻylash tavsiya qilingan, chunki mahbubning zikri qalbni harakatga soladi, deydi ulamolar. “Zararsiz deb oʻylamang” sarlavhali maqolada, bunday vaziyatga sabab sifatida noqulay holat, asab tolalarining siqilishi, mahalliy shikastlanish kabilar sanalgan. “Agar ogʻriq noqulay holatdan boʻlmasa, shifokorga murojaat qiling” deyiladi maqolada. Diqqat, savol: bunday vaziyat deganda nima nazarda tutilmoqda?