Viktor Pelevinning "Generation P" kitobida "Nike" firmasining reklama roligi ssenariysi keltirilgan... Vyetnam qishlogʻi koʻchasi. Old planda — "Nike" firmasi ustaxonasi. Ichkarida ishchilar oʻtiribdi, bular — amerikalik harbiy asirlar. Ularning oldidagi stollarda turli darajadagi tayyorlikdagi krossovkalar turibdi. Harbiy asirlar nimadandir norozi. "Amerikalik konsul bilan uchrashuv talab qilamiz!" degan hayqiriqlar eshitiladi. Toʻsatdan shiftga qarata oʻq uziladi. Qoʻlida tutab turgan avtomat ushlagan vyetnamlik chala bitgan krossovkalarga barmogʻi bilan ishora qilib, buzuq ingliz tilida bir iborani aytadi. Qaysi iborani?