Futbol boʻyicha Ispaniya milliy terma jamoasining laqabi "Qizil Furiya" ekanligidan xabaringiz boʻlsa kerak. “Furiya” soʻzi ispan tilidan tarjima qilganda “gʻazab” maʼnosini bildiradi. Bu Ispan terma jamoasining shiddatkorligiga ishora. Qizil esa albatta terma jamoaning 1920-yildan buyon kiyadigan asosiy futbolkasining rangidan olingan. Ammo ispanlar doim ham qizil futbolkada toʻp surishmagan. Diktator Franko davrida maʼlum bir muddat qizil futbolkada toʻp surish taqiqlangan va terma jamoa koʻk rangga oʻtkazilgan. Diqqat savol, nima uchun Franko ushbu rangdagi futbolkada oʻynashni taqiqlagan?
qizil rang kommunizm bilan assotsiatsiya qilingani uchun