Futbol boʻyicha Germaniya terma jamoasi aniq tizimga asoslangan sovuqqon futbolni maʼqul koʻrishadi. Ispanlar esa oʻz tarkiblaridagi qiziqqon oʻyinchilarning harakatlariga tayanishadi. Bir maqolada bu termalarning oʻyini IKS va IGREKka qiyoslangan. Oʻtgan asrning 90-yillarida yozilishi boshlangan romanlar toʻplamining nomida ham IKS va IGREKni koʻrishimiz mumkin. Savol: Oʻsha romanlar toʻplami nomini yozib bering.