Ispaniyada 1982-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionati oldidan koʻplab kitoblar va bukletlar nashr etildi. Ulardan birida quyidagi muloqot bosilgan edi: — Kimga ustunlik berasiz? — Braziliya, Germaniya Federativ Respublikasi, Argentina, Ispaniya jamoalariga. — Italiya jamoasi haqida nima deysiz? — Bu yaxshi terma jamoa. Lekin u oʻzining eng yaxshi sifatlarini koʻrsata oladi deb oʻylamayman. — Va shu maʼnoda siz kimning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz? — GFR jamoasining. U kam texnikali emas va vazminroq. — Siz bilan suhbatlashish menga qiziq boʻldi. Rahmat. — Men ham sizga rahmat aytaman. Bu qanday kitob ekanligini aniqlashga harakat qiling?