Frenk “Rokki” Figel 1868-yilda Polshada tugʻilgan. Keyinchalik u oilasi bilan Amerikaga koʻchib ketgan. Yoshligida Frenk dengizchi boʻlib ishlagan. U doim trubka chekib yurgan va gapirayotganda ogʻzining faqat bir tomonini qimirlatgan. U koʻzi jarohatlangani uchun odamlar unga “Singan koʻz” deb laqab qoʻyishgan. Diqqat savol: Bu inson keyinchalik Paramount pictures tomonidan yaratilgan qaysi personajning prototipi ekanligini yozib bering.