Filolog Anvar Boʻronov bu soʻzni Oʻzbek tili izohli lugʻatida koʻrsatilganidek forscha emas, balki sof turkiycha ekanligini taʼkidlagan. Buni isbotlash uchun keltirilgan ayni oʻzakdan yasalgan boshqa koʻplab soʻzlarning barchasi bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga oʻtishni bildiradi. Ushbu soʻzning arxaik shakli kelib chiqishiga esa, qadimda ovullardagi oʻtovlarning tartibsiz joylashgani sabab boʻlgan ekan. Bu soʻzning yunoncha analogi “aulos”, yaʼni boʻshliq soʻziga borib taqaladi. Diqqat, savol: unlilari turlicha boʻlgan ushbu soʻzni yozib bering.