U fors tilidan “oʻtkir, keskir” degan maʼnoni anglatadi. Bizning tilimizda esa U asosan inson tana aʼzosiga nisbatan koʻchma maʼnoda ishlatiladi. Savol: U ni qoʻsh undosh qatnashgan soʻzda yozib bering. || U fors tilidan “Quloqning yumaloq joyi” degan maʼnoni anglatadi. Bizning tilda esa zamonaviy aloqa vositasiga nisbatan koʻchma maʼnoda ishlatiladi. Savol: U ni birinchi va oxirgi harflari juft undosh boʻlgan bir soʻzda yozib bering. || Bu soʻz fors-tojik tilidagi “kulmoq” feʼlidan olingan boʻlib, bizning tilda doim bir oʻsimlik mevasiga qoʻshib aytiladi. Savol: Bu soʻzni yozib bering.