zakovatklubi.uz

Erkatoy.uz saytida chiqqan “Tulkining jazosi” nomli ertakda Tulki BU ISHNI qilgach boʻri va ayiqqa par yostiq sovgʻa qiladi. Uy bekalari saytida yozilishicha BU ISHNI osongina qilish uchun qaynagan suvdan foydalanish kerak. Diqqat: BU ISHNI 3ta soʻzda yozib bering. || Bir necha oy oldin Buxorodagi “Sitorai Mohi Xossa” tarixiy muzey-majmuasida BU ISHNI QILGAN qizning onasiga bolalarni tarbiyalash borasidagi majburiyatlarni bajarmagani uchun jarima belgilandi. “Qissasi Rabgʻuziy” asarida Alloh oʻliklarni qanday tiriltirishini isbotlash uchun Ibrohim paygʻambarga BU ISHNI QILISH ham buyurilgan edi. Diqqat: BU ISHNI QILISH oʻrnidagi 3ta soʻzni yozib bering.

Manba