Savol matnida BU ISHNI QILISH soʻzlari bir necha soʻzni almashtirib keladi. Buxoroda qadimda yangi tugʻilgan chaqaloqning kindigi kesilgach, agar qiz bola boʻlsa, “Aqlli boʻlsin, sut sogʻib qatiq tayyorlasin” degan maʼnoda uning uchun sigir sotib olingan, agar oʻgʻil bola boʻlsa, “Katta boʻlsin, xonadon sohibi boʻlib uy qursin” degan maʼnoda BU ISH QILINGAN. Bir maqolada kuzda BU ISHNI QILISH orqali suvni tejab qolish mumkinligi yozilgan. Savol: BU ISHni qilish oʻrnida kelgan soʻzlarni yozib bering.