Ergotizm – tarkibida zamburugʻ boʻlgan mahsulotlarning, misol uchun javdarni isteʼmol qilish natijasida organizmga toksinlar tushishi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Uning oqibatida odamda koʻngil aynishi, gallyutsinatsiya va ichak sanchiqlari kuzatilishi mumkin. Linda Kaporaelning ilmiy maqolasida aytilishicha, XVII asr oxirlarida BU SHAHARDA yuz bergan voqealarga ham shu kabi zaharlanish sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Diqqat savol. U yer deganda qayer nazarda tutilmoqda?