zakovatklubi.uz

Duplet 1. Ergotizm – tarkibida zamburugʻ boʻlgan mahsulotlarni, misol uchun javdarni isteʼmol qilish natijasida organizmga toksinlar tushishi bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Uning oqibatida odamda koʻngil aynishi, gallyusinasiya va ichak sanchiqlari kuzatilishi mumkin. Patrisiya Bauerning ilmiy maqolasida aytilishicha, 16-asr boshlarida BU ShAHARDA yuz bergan voqealarga ham shu kabi zaharlanish sabab boʻlgan boʻlishi mumkin. Diqqat savol: Qaysi shahar nazarda tutilmoqda. 2. "X xaqidagi sizga tanish tuyulishi mumkin boʻlgan 25 ta fakt" deb nomlangan maqolada, koʻp sayoxat qiladigan insonlar X ga koʻp duch kelishlari xaqida yozilgan. Diqqat savol: X ni toping.

Manba