Ekologlar maʼlumotiga koʻra, AQShda har bir xizmatchi yiliga oʻrtacha 1 tonna qogʻoz sarflaydi. 1 tonna qogʻoz ishlab chiqarish uchun esa 17 ta daraxtni kesish kerak. Bu esa ekologiyaga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Ushbu muammoni yechish yoʻli sifatida lotincha “ifloslantiraman” soʻzidan kelib chiqqan mahsulotlarni qayta ishlash yoʻli bilan olingan qogʻozdan foydalanish taklif etilgan. Savol: Ushbu mahsulotlar qanday atalishini toping.