zakovatklubi.uz

2000 nafar avstraliyalik bilan oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, ular oʻrtacha hisobda yiliga 25 marotaba turli ziyofatlarda qatnashadilar. Ziyofatni tark etishga qaror qilgandan soʻng esa, bu ishni qilish uchun oʻrtacha 45 daqiqa vaqt ketishi maʼlum boʻldi. Bu har yili bu ishni qilishga taxminan 18 soatu 45 daqiqa sarflanarkan. Bunga yechim sifatida shu ishdan foydalanish omma tusiga kirgan. Shu ishdan foydalanish esa hayotimizda yiliga 2 kunini tejashni anglatadi. Savol. Xohlang bu ishni, xohlang shu ishni yozib bering.

Manba