zakovatklubi.uz

Dupletning birinchi savoli. 1. Plantagenetlar davrida BU lavozimning eng mashhur vakillari Nottingem grafligida yashashgan. Angliyada esa ular maʼmuriy boshqaruv tizimidan tashqari, jinoiy qidiruvga ham rahbarlik qilishadi. Savol: Bu lavozimni toping? || Dupletning ikkinchi savoli. 2. Bu arabcha soʻz “sayyid” soʻzining sinonimi sifatida ishlatilgan boʻlib, “oliyjanob” yoki “oliyhimmat” deb tarjima qilinadi. Maʼlum bir hududlarda lavozim sifatida yuritilgan bu soʻz oʻziga fonetik yaqin boʻlgan inglizcha soʻzga umuman aloqasi yoʻq. Savol: Bu soʻzni toping.

Manba