Duplet savolida ikkita savol beriladi. Har bir savolni oʻylash uchun 30 soniya vaqt beriladi. Har ikkala savolga toʻgʻri javob topgan jamoagagina bir ball beriladi. Savollardan biriga toʻgʻri javob berilib ikkinchisiga toʻgʻri javob berilmasa duplet savoli uchun ball berilmaydi. Eslatib oʻtamiz dupletning har ikkala savolining javobi bitta javob varagʻiga yozilishi shart. Dupletning birinchi savoli. 1. Plantagenetlar davrida BU lavozimning eng mashhur vakillari Nottingem grafligida yashashgan. Angliyada esa ular maʼmuriy boshqaruv tizimidan tashqari, jinoiy qidiruvga ham rahbarlik qilishadi. Savol: Bu lavozimni toping? || Dupletning ikkinchi savoli. 2. Bu arabcha soʻz “sayyid” soʻzining sinonimi sifatida ishlatilgan boʻlib, “oliyjanob” yoki “oliyhimmat” deb tarjima qilinadi. Maʼlum bir hududlarda lavozim sifatida yuritilgan bu soʻz oʻziga fonetik yaqin boʻlgan inglizcha soʻzga umuman aloqasi yoʻq. Savol: Bu soʻzni toping.