Duplet. 1-savol: Hozirgi kunda hammamizga nomi yaxshi tanish boʻlgan bu kompaniya 1996 yilda roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 2004 yilgacha boshqa nom bilan faoliyat yuritgan. Kompaniya asoschisi nom tanlashda avval oʻzi oʻqigan shahar nomiga atab “Brayton Fud” deb nomlamokchi boʻladi, lekin roʻyxatlarda teparoq turish uchun bu fikrdan qaytadi. Diqqat savol: Bu kompaniya uchun qanday nom tanlaganini, oʻzbekcha boʻlmagan 2 soʻz yordamida yozib bering. || 2-savol: Bu kompaniya 2001 yil tashkil topgan boʻlib, oʻz yoʻnalishida birinchilardan boʻlgan. Oʻsha paytlarda kompaniya oʻz faoliyatini boshlash uchun gavjum boʻlgan Afrosiyob va Shaxrisabz koʻchalari kesishmasidagi binoni tanlaydi va bu tanlov muvofaqqiyatli boʻlib chiqadi. Oʻsha vaqtlarda Toshkent metropoliteni Yunusbod yoʻnalishini qurilish ishlari yakunlanmaganligi sababli xalq orasida bu joylarni metro bekati nomi bilan emas, balki bu kompaniya nomi bilan nomlash odat boʻlgan. Kompaniya nomini oʻzbekcha boʻlmagan 2 soʻzda yozib bering.
1. Anglesey food (xozirgi nomi Korzinka) || 2. Angelʼs food