DIQQAT! Savolda bu shahar soʻzi boshqa ikki soʻzni almashtirib kelgan. Narshaxiy oʻzining «Buxoro tarixi» asarida bu shaharni «Qadimgi Buxoro» deb emas, balki, «Buxorodan qadimiyroq» deya taʼriflaydi. Versiyaga koʻra, Afrosiyobning qizi har doim bosh ogʻrigʻidan bezovtalanar, bu shaharga kelish orqali dardiga shifo topishi natijasida shaharga "badan xordigʻi", "tana osoyishtaligi" deya nom beradi. 1926-yilda tashkil topgan shu nomli tuman esa oʻzining gaz sanoati, tozalash zavodi va hunarmandchilik tarmoqlari faoliyati orqali maxshur. Diqqat kutilmagan savol: Ushbu shaharni eshitishimiz bilan bizga yodimizga keladigan jamoa nomini ayting.