zakovatklubi.uz

Dunyoda yaxshi taʼom koʻp, bittasi - yogʻlik palov. Shuncha lazzat, shuncha rohat, yesang ne chogʻlik palov. Belga quvvat, koʻzga nur, dardingga darmon deydilar, Ser piyoz, ser yogʻu-goʻshtlik, qip-qizil dogʻlik palov. Bir siqim osh boʻlsa ham, doʻstlar bilan koʻrgil baham, Boshqacha lazzat bagʻishlar, deydilar oʻchogʻlik palov. Ham masalligʻ yaxshi boʻlsa, oshni lazzatlik qilur, Lekin ammo bir cheti oshpazga ham bogʻliq palov... Siz koʻrib turgan sheʼr asl muallifi kim ekanligini bilmadigu, lekin redaksiyaga bizga yaqindan tanish boʻlgan taxallus bilan taqdim etilganini bilamiz. Yana bu inson dorilfununning 2 ta: tarix va til-adabiyot fakultetini tamomlagan olimu, shoir ekanligini ham eshitganmiz. Savol: ushbu taxallus egasining asl ism-familiyasini yozib bering.

Manba