Diqqat! Savolda BUNDAY va SHUNDAY soʻzlari teskari maʼnoli iboralarni almashtirib keladi. Komik Ismo Leikola hozirda odamlarni havotirga solayotgan mavzulardan biri haqida gapirar ekan, ixtisoslashgan saytda ish topa olmaganini aytadi. Komikning fikricha, bunga sabab, u biroz oldin BUNDAY deb javob bergani edi. Tarjimadagi xato tufayli, 2004-yil ekranlarga chiqqan ilmiy-fantastik filmning nomi oʻzbekchaga “SHUNDAY” deb tarjima qilingan. Diqqat savol: Oʻsha film kimning gʻoyasi asosida suratga olingan?