Diqqat, savolda beta bir soʻzni, delta boshqa bir soʻzni almashtirib keladi. Yaqinda boʻlib oʻtgan referendum arafasida Konstitutsiyamizning yangi tahriri 44-moddasining mazmunini tushuntiruvchi metrodagi bir eshittirishda shunday jumla yangraydi: “Endi oʻquvchilar paxtaga bormaydi, deya davlat deltani emas, betani tanladi”. Diqqat savol: oʻzbek maqoliga koʻra, betaning nimasi deltada ekanini yozib bering?