Savol matnida Delta soʻzi boshqa soʻz bilan almashtirilgan. “Hayot hech qachon qiyinlashmaydi, shunchaki tobora tezlashadi” iqtibosini aytgan shaxs hayotni DELTA bilan qiyoslagan edi. Oʻtgan asrning oxirlarida Gʻarbdagi baʼzi doʻkonlarda DELTA “Bricks” nomi bilan sotuvga chiqarilgan. DELTA bilan almashtirilgan soʻzni javob kartangizga yozing.