zakovatklubi.uz

Diqqat savol matnida ikki soʻz ism-familiyaga almashtirilgan. Ruminiya bosh vaziri Nikolae Chuke yaqinda hukumatga oʻziga yangi maslahatchi tayinlaganini eʼlon qildi. Yangi maslahatchining asosiy vazifasi ijtimoiy tarmoqlarni tahlil qilish, xalqning umumiy kayfiyatini aniqlash va qabul qilinayotgan qarorlarga nisbatan fuqarolarning reaksiyalarini oʻrganishdan iborat boʻladi. Ishga kirishar ekan Adrian Ionesku bosh vazirga "Endi mening vazifam sizga vakillik qilishdir, xuddi koʻzgudek" deya vaʼda bergan. Diqqat savol: Almashtirilgan soʻzlarni yozib bering.

Manba