(Boshlovchiga eslatma: Savol matnidagi “Eshshakka” soʻzida ikkita sh harfi borligini bildiradigan qilib boʻgʻinlarni biroz ajratib oʻqish kerak) [Tarqatma material. UCAN Consulting] Diqqat savolda ikki soʻz bir soʻzga almashtirilgan. Toshkent shahrida joylashgan UCAN Consulting [Yu-ken konsalting] oʻquv markazining saytida aytilishicha, tashkilot maqsadi – sizga dunyoning eng nufuzli taʼlim yurtlariga kirishda yordam berish ekan. Balkim kimdirlar uchun ilojsiz tuyulgan ushbu maqsadni haqiqatga aylantirish mumkinligini koʻrsatish uchundir, markaz logotipida Eshshakka oʻxshash shaklni koʻrish mumkin. Savol: Almashtirilgan ikki soʻzni atoqli ot qatnashgan holda yozib bering.