zakovatklubi.uz

Diqqat, savol ikki oʻrinda soʻzlar boshqa ikki soʻz bilan almashgan. Fantastik ruhda ishlangan “Kelajakka qaytib” franshizasining yakuniy uchinchi qismi soʻnggi epizodida Marti MakFlay doʻsti Jennifer bilan temir yoʻldagi vayronalarni koʻzdan kechirayotganida toʻsatdan teleportatsiya shyulzi ochilib havoda uchuvchi mashina ichidan Martining qadrdoni doktor Emmett Braun chiqib keladi. U Martiga oʻz farzandlarini tanishtirayotib, ularning ismini ALFA va BETTA deya taʼkidlaydi. 1905-yil Amyen shahrida vafot etgan fransuzning ismi ham ALFA BETTA. Savol: ALFA va BETTA bilan almashgan ism va familiyani yozib bering.

Manba