Duplet. Olim Alan Tyuring haqidagi "Qalbaki oʻyin" filmida tengdoshlariga qoʻshila olmaydigan, tortinchoq Tyuringni onasi boshqalarga oʻxshamagani uchun ALFA deb ataydi. Savol: ALFAni rang qatnashgan ikki soʻzda yozib bering. || Filmdagi ushbu kadrda Tyuringning doʻsti baʼzida hech narsaga arzimaydigandek koʻringan insonlar hayratlanarli ishlarni amalga oshirishini aytadi va bu bilan BETTAga taʼrif beradi. Savol: BETTAni rang qatnashgan ikki soʻzda yozib bering.