Sheʼrda bir necha oʻrinda bir soʻz boshqa soʻzga almashgan. Dogʻistonlik Rasul Hamzatovning sakkizligini tinglang! Bosh chayqaydi olim asabiy, Shoir xafa, yozuvchi tajang. Ne boʻldiykin, yil sayin Orol Sayoz tortib ketmoqda, attang. Vahm nechun, ne ham boʻlardi Koʻhna Orol sal tob tashlasa? Men qoʻrqaman, insonlar qalbi Sayozlashsa, quriy boshlasa... Savol: Almashgan soʻzni asl holida yozib bering!