Den Braunning “Yolgʻon nuqtasi” asaridan bir parchani tinglang: “Delta-1 termoqoʻlqoplarni yechdi va bir hovuch qor olib, qoʻlida siqib qattiqlashtirdi, qurbonning ogʻzini ochdi va qor toʻpini uning tomogʻiga — nafas yoʻllariga imkon qadar chuqurroq itara boshladi. Qurbon taxminan 3 daqiqadan soʻng vafot etadi, qor eriganidan keyin esa hech qanday iz qolmaydi”. Rus mafiyasi tomonidan oʻylab topilgan ushbu usul 1905-yilda tugʻilgan bir shaxsga berilgan laqab bilan bir xil. Agar usul nomini topgan boʻlsangiz, oʻsha shaxs kimligini ayting.